09/02/2023

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlimi tomonidan yakka tartibda oʻtkaziladigan soʻrovnoma, uy xoʻjaligi soʻrovnomasi, ichki turizm va aholining jismoniy faolligi kuzatuvi soʻrovnomasi, akt vositalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi  va uy xoʻjaligi aʻzolarining akt vositalaridan foydalanish koʻlami soʻrovnomasi kuzatuvlarini sifatli tashkil etish maqsadida reja grafik jadvali tasdiqlangan.

Joriy yilning 9- fevral kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari X. Igamberdiyev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘lim mutahassisi  X.Qurbanova tomonidan Parkent tumani "Qulichi" mahallasi binosida va "Qulichi" MFY Sharq guli ko‘chasi 43 uyda yashovchi fuqaro N.Tursunov xonadoniga borib, uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egasi va intervyuyer bilan bo’lib o’tadigan so’rovnomada ishtirok etdi.