08/02/2023

🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O’zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 32 mln. nafarni tashkil etgan.

✅ Shundan, 27 mln. nafari aholida qayd etilgan.

✅ Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 75 birlikni tashkil etdi.

✅ Yillar kesimida har 100 doimiy aholiga to‘g‘ri keladigan abonentlar soni (1 yanvar holatiga):

— 2019 yil - 65 ta

— 2020 yil - 69 ta

— 2021 yil - 71 ta

— 2022 yil - 73 ta

— 2023 yil - 75 ta