03/02/2023

Fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil yakunlari bo‘yicha taqdim etiladigan “1- fx” yillik statistika hisobotini topshirishda fermer xo‘jaliklariga uslubiy ko‘mak berish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu on-line muloqotlarda “1-fx” shakli hisobotining har bir bo‘lim va ulardagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha savollaringizga statistika organlari xodimlari tomonidan atroflicha javob beriladi.

On-line muloqotlar "Zoom" platformasi orqali (https://us06web.zoom.us/j/82814361663?pwd=N2J6eDA0L05IMUw3TGNYYzRKdThOQT09) 2023 yilning 30 yanvaridan 27 fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, fermer xo‘jaliklari uchun “1-fx” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023 yilning 27 fevral sanasida yakunlanadi.

On-line muloqotlarda faol ishtirok eting! (https://us06web.zoom.us/j/82814361663?pwd=N2J6eDA0L05IMUw3TGNYYzRKdThOQT09)

Zoom ID: 82814361663

Kirish kodi: 769804