01/02/2023

Aholini ro‘yxatga olish, avvalo davlat yoki hukumat uchun emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur jarayondir. Ushbu jarayon vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. 

Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlariga mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Masalan, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. 

Bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni qurish rejalarini tuzishga mos  keladi.

 Yosh haqidagi ma’lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi.

 Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar, komunikatsiyalar bilan ta’minlash uchun rejalashtirish uchun zarur.

Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. 

Aholini ro‘yxatga olish har bir fuqaro hayotiy faoliyatiga bevosita daxildorligini his qilgan holda mazkur jarayonda har birimiz o‘zimiz va farzandlarimizni kelajakda farovon yashashlari uchun mas’uliyat bilan qatnashishimiz hamda sifatli ma’lumotlar taqdim etishimiz shart.