23/01/2023

Joriy yilning 23- yanvar kuni Ochiq ma’lumotlar haftaligi doirasida “Sun’iy intellekt” texnologiyalaridan foydalanishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Daniyadagi Microsoft ofisining Ma’lumot va Sun’iy intellekt asosida Bulutli yechim arxitekturasi departamenti direktori (Head of Data and AI Cloud Solution Architecture, Microsoft Denmark) Umid Axmedov ishtirok etdi.

Seminarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4996-son qarorida berilgan topshiriqlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati doirasida mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi dasturchilar va tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotda foydalanish uchun davlat va boshqa ma’lumotlar toʻplamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma’lumotlar platformasinining faoliyati o‘rganildi.

Tadbirda Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi va Axborot xavfsizligi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.

Seminar so‘nggida mavzu yuzasidan ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga ekspert tomonidan atroflicha javob berildi.

Mazkur seminar Ochiq ma’lumotlar haftaligi «Open Data Week 2022» doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida tashkil etildi.