04/11/2022

Tohkent viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1405,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 7,0 %ga ko‘paygan.

Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarining sotish hajmi 455,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 95,2 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 950,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 113,8 %) tashkil etdi.