04/11/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O’zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,3 ming tonna olma eksport qilgan. 

Olma eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 9 oyida O’zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 12,6 ming tonna

Rossiya – 4,1 ming tonna

Qirg‘iz R. – 1,4 ming tonna

Turkmaniston – 163 ming tonna

2022 yilning 9 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:

— Farg‘ona viloyati – 4,8 ming tonna

— Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna

— Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna