2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 3 993 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 %ga oshdi.
Jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili – oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar – 3,5 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 90,1 %), yashash bo‘yicha xizmatlarning – 7,9 %ga (jami yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasidagi ulushi 9,9 %) o‘sishidir.
yashash bo‘yicha xizmatlar – 394 ta
Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar - 3 599 ta