10/10/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida jami 14,5 trln.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 6476,6 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 44,6 % ni tashkil etdi, mashina, uskunalar va jihozlarni xarid qilishga 6624,2 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 45,6 % i) va boshqa xarajatlarga 1414,2 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 9,8 % i) investitsiyalar o‘zlashtirilgan.