07/10/2022

Joriy yilning avgust oyi davomida viloyatdagi 561-ta Registratorlar tomonidan belgilangan qo‘llanma asosida MFYlar xaritalariga kiritgan o‘zgartirishlarni qaytadan xaritalarga kiritilishini ta’minlash va xaritalarni qaytadan chiqartirish bo‘yicha hududiy Kadastr bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etishgan.

 Kadastr bo‘limlari tomonidan xaritalarga kiritilmagan turar va noturar ob’ektlarni kiritilishi,  nomlari o‘zgargan ko‘chalarni hozirgi kundagi haqiqiy ko‘cha nomlariga o‘zgartirilishi va boshqa haqiqiy holatlarni xaritalarga kiritilishi ta’minlanmoqda.

 Kadastr bo‘limlari xaritalarni qaytadan  chiqarish ishlarini shu yilning 1-noyabr kuniga qadar tugatishlari va qayta chiqarilgan xaritalarni to‘liq taqdim etishlari kerak.