07/10/2022

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 32,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 130,2 ming tonna karam eksport qilgan. 

 Karam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,5 ming tonnaga oshgan. 

Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar: 

Qozogʻiston – 91,6 ming tonna

Rossiya – 26 ming tonna

Qirgʻiz R. – 6,7 ming tonna

Belarus – 5,2 ming tonna

Ukraina – 513,3 tonna

Litva – 98,1 tonna

 

 Xorijga eng koʻp karam eksport qilgan hududlar:

— Toshkent viloyati – 28,2 ming tonna

— Buxoro viloyati – 20,1 ming tonna

— Fargʻona viloyati – 13,6 ming tonna