15/09/2022

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida haftada bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan uy xo‘jaliklari a’zolarining ulushi 18,9%ni tashkil etdi, haftasiga ikki marta shug’ullanuvchilar 55,7%ni, haftada uch marta yoki undan ko‘proq shug’ullanuvchilar 25,4%ni tashkil etdi.