05/07/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida,  2022- yilning 5- iyul kuni Toshkent viloyatining tumanlari va shaharlarida yangidan tashkil etilgan Ro‘yxatga olish bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar jarayonida yangi ochilgan bo‘limlarning hodimlariga  yuqorida qayd qilingan qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarda Aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga oid targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, hududlardagi Мahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘chalar, xonadonlar va xonadonlarda yashovchilar soni to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni shakllantirish hamda Davlat statistika qo‘mitasi va viloyat statistika boshqarmasi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.