2022- yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyati norasmiy sektorida bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 26,6 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 0,6 % punktga kamaydi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 110,4 % ni tashkil etgan holda 743,4 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.