28/04/2022

Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda hay’at yigʻilishi oʻtkazildi. Joriy yilning 27- aprel kuni Davlat statistika qoʻmitasining 2022- yil I chorak yakuniga bagʻishlangan kengaytirilgan kengash yigʻilishi onlayn vebinar tarzida boʻlib oʻtdi.Yigʻilishda Davlat statistika qoʻmitasi raisi va oʻrinbosarlari, qoʻmitaning tarmoq va statistika boshqarmalari boshliqlari hamda onlayn tarzda Viloyat statistika boshqarmalari rahbariyati, tarmoq va hududiy boʻlimlar boshliqlari qatnashdi.

Kun tartibiga koʻra, Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yigʻilishini ochib berdi. Yigʻilishda statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarninig ijrosi yuzasidan davlat statistika organlari oldiga qoʻyilgan vazifalar, 2022- yil 1- choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.