28/04/2022

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAHM o‘sishi 8,1 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAHM umumiy hajmining 95,5 % ini tashkil etdi va 8,1 % ga o‘sdi (YAHM mutlaq o‘sishiga ta’siri 7,8 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAHM tarkibidagi ulushi 4,5 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 10,0 % ga o‘sdi (YAHM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,3 f.p.).
Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:
– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 3,2 %;
– sanoatda – 9,6 %;
– qurilishda – 5,0 %;
– xizmatlar sohasida – 8,4 %.