15/04/2022

Joriy yilning 15-aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Sh. Jamoldinov, Parkent tuman statistika bo‘limi narx registratori B. O'tkirov ishtirokida Parkent tumanidagi uyushgan savdo majmualarida INI (iste'mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat kuzatuvi bo'yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarni planshet qurilmasiga xato va kamchiliklarsiz kiritilayotganligini hamda narxlarning shaffofligini kuzatdilar.
Kuzatuv jarayonida narxlarni kiritish bo‘yicha registratorga amaliy yordam ko‘rsatildi hamda Parkent tumanidagi real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.