Joriy yilning 13-aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i v.v.b Sh. Jamoldinov, Narx statistikasi bo'limi boshlig'i M. Mirasrorov, Bo'ka tuman statistika bo'limi narx registratori K. Sattorov ishtirokida Bo'ka tumanidagi dehqon bozorida 5-narx (bozor) kuzatuvi o'tkazildi. Kuzatuv jarayonida narxlar planshet qurilmasiga xato va kamchiliklarsiz kiritilayotganligiga, narxlarni shaffofligiga ishonch hosil qilish maqsadida kuzatuv jarayoni o'rganildi.
O'rganish natijasida mahsulot narxlarini planshetga kiritish bo'yicha registratorga Amaliy yordam ko'rsatildi.
Kuzatuv viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.
14/04/2022