12/04/2022

Joriy yilning 12- aprel kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Igamberdiyev ishtirokida Chirchiq shahrida 5-do'kon kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida hududdagi narxlarni ro‘yxatga olishga mas’ul qilib belgilangan xodim (registrator)ga uyushgan savdo majmualaridagi narxlarini realligi va shaffofligiga e’tibor berish hamda tanlanma kuzatuvni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.