11/03/2022

2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 44 217 ta  qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 288 taga ko‘p. 2022- yil yanvar- fevral oylarida 890 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:

Toshkent shahri – 8 930 ta

Toshkent viloyati – 3 908 ta

Farg‘ona viloyati – 3 587 ta

Qashqadaryo viloyati – 3 392 ta

Samarqand viloyati – 3 323 ta

Andijon viloyati – 3 221 ta

Buxoro viloyati – 2 868 ta

Surxondaryo viloyati – 2 798 ta

Qoraqalpog‘iston R. – 2 399 ta

Namangan viloyati – 2 390 ta

Jizzax viloyati – 2 074 ta

Xorazm viloyati – 2 024 ta

Navoiy viloyati – 1 716 ta

Sirdaryo viloyati – 1 587 ta