07/03/2022

Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga yangi rahbar Jamoldinov Shuxrat Maxamatqosimovich tayinlandi.

 

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Agzam Anvardjonovich Ikramov ishtirok etdi. 

Shuningdek, yig‘ilishda boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari qatnashdi.

 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Qo‘mita raisining o‘rinbosari A. Ikramov Davlat statistika qo‘mitasi Raisining buyrug‘i bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. 

Unga ko‘ra, 2020- yil dekabrdan buyon Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Mirsoatov Lazizjon To‘ychiboyevich, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tganligi munosabati bilan Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga yangi rahbar Jamoldinov Shuxrat Maxamatqosimovich boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

 

Sh. Jamoldinov 1986- yilda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008- yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

 

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.