02/08/2021

Nurafshon shahrida "aqlli" infrastruktura tarmoqlarini o'rnatish, «Aqlli shahar» boshqaruv markazini qurish va Smart xizmatlarini tashkil etish loyihasi bo'yicha onlayn uchrashuv o'tkazildi.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida shaharining ko'p qirrali ma'lumotlarini (atrof-muhit, yo'l harakati, jinoyatchilik va h.k) yig'ish hamda ularni real vaqtda kerakli tashkilotlar bilan ulashish hamda tahlil qilish orqali shaharni samarali va barqaror boshqarish imkoniyati yaraladi.

Ushbu loyiha Nurafshon shahriga O'zbekistonda “aqlli shaharlar” umummilliy ekspansiyasining etakchi modeliga va asta-sekin Markaziy Osiyoda “aqlli shahar”ning eng innovatsion shaklini targ'ib qiluvchi maqomga ega bo'lish imkonini beradi.

Loyiha aqlli transport, aqlli kommunikatsiya tarmoqlari, xavfsiz shahar kabi bir qator yo'nalishlarni qamrab olishi ko'zda tutilgan.