05/07/2021

Bugun tunda O'zbekistonga «Sputnik V» vaktsinasining 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. 10 iyun kuni «Sputnik V» vaktsinasining 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi. 5 iyul kuni tunda O'zbekistonga Rossiyadan «Sputnik V» vaktsinasining navbatdagi 40 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.1 iyun kuni «Sputnik V» vaktsinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti, 10 iyunda 70 ming dozalik 2-komponenti keltirilgan edi.Eslatib o'tamiz, aprel oyida ushbu vaktsinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).Qayd etilishicha, «Sputnik V» vaktsinasi zaxirasi 280 ming dozaga etdi. YAqin kunlarda vaktsinaning navbatdagi 40 ming dozalik 2-komponenti olib kelinishi kutilmoqda.Shunday qilib, jami vaktsina zaxirasi 7 million 440 ming dozani tashkil qilmoqda.