05/07/2021

2021 yilning jazirama yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog'lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha Toshkent viloyatining so'lim, salqin oromgohlarida bir qator ishlar amalga oshirildi.Jumladan, viloyatning dislokatsiyasida bu yilgi mavsumga 19 ta oromgoh mavjud bo'lib bugungi kunda 15 tasi faoliyatini boshlab yuborgan. Xususan, 2 ta oromgoh Toshkent shahriga o'tkazildi kolgan 2 tasi tayyorgarlik ishlari oxiriga etmagani sababli qurilish va pardozlash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda joylarda faoliyat yuritayotgan oromgohlarda 4 ming 567 nafar bolalar maroqli dam olmoqda.Mazkur jarayonlarni samarali tashkil qilish, yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida O'zbekiston kasaba uyushmalar kengashi tomonidan mamlakatimizda bo'yicha 2021 yil iyun oyining eng yaxshi oromgohi ijtimoiy so'rovnomasi o'tkazildi.Unga ko'ra, "Olmaliq KMK" AJga qarashli "Istiqlol" oromgohi eng yaxshi oromgoh sifatida 1-o'ringa sazovor bo'ldi.