22/07/2026

📊 2026-yilning yanvar–may oylarida Toshkent viloyatida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 10,7 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.

Ushbu ko‘rsatkich viloyatda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlarining 24,9 foizini tashkil etdi.

📈 Taqqoslash uchun, 2025-yilning yanvar–may oylarida kichik biznes subyektlarining sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 23,5 foizni tashkil etgan edi. Natijada, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 1,4 foiz punktga oshdi.