✅ Joriy yilning iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 083 tani tashkil etib, shundan 949 tasi kichik biznes subyektlari hisoblanadi.
2026- yilning yanvar-may oylarida 85 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 841 ta;
Xususiy korxonalar – 72 ta;
Oilaviy korxonalar – 50 ta.
Shuningdek, 90 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.



