2026- yil yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 10 699,6 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 67,8 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2025- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 112,6 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Oqqo‘rg‘on (97,6%) tumani, hamda Bekobod (95,6 %), Yangiyo‘l (93,7 %) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi.



