2026- yil 1- may holatiga viloyatda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 2 950 tani tashkil etib, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 12 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 938 tani tashkil qildi.
2026- yilning yanvar-aprel oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 4,6 trln so‘mga yetdi. 2025- yilning mos davriga nisbatan 5,1 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 71,2 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.



