2026- yilning yanvar-martida Toshkent viloyatida avtomobil transportida yuk tashish umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 36,0 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,8 foiz punktga kamaygan.
Avtomobil transportida yuk aylanmasi umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 50,6 % bo‘ldi, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 95,5 % ni hamda avtomobil transporti yo‘lovchi aylanmasi umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 97,0 % ni tashkil etdi.



