16/04/2026

2026-yil yanvar–fevral oylarida Toshkent viloyatining import hajmi 789,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foizga oshganini ko‘rsatadi.

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga to‘g‘ri kelib, jami importning 27,1 foizini tashkil etdi. Shuningdek, sanoat mahsulotlari 15,2 foiz, nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) esa 9,2 foiz ulush bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.