15/04/2026

 2026- yil 1- aprel holatiga viloyatda chet el investitsiyasi ishtirokidagi 2 576 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 558 tasi qo‘shma korxona, 2 018 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar tahlil qilinganda, yetakchi o‘rinni Xitoy davlati egallab, uning hissasiga 1 158 ta korxona to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining 45,0 foizini tashkil etadi.Shuningdek, o‘z kapitalini kiritib, hissasini qo‘shayotgan mamlakatlar orasida Turkiya (9,8 %), Rossiya Federatsiyasi (8,6 %), Qozog‘iston (3,7 %) va Janubiy Koreya (2,7 %) bilan ham alohida o‘rin tutadi.