15/04/2026

2026- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,6 mln so‘mga to‘g‘ri keldi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Olmaliq shahrida (67 308,0 ming so‘m), Ohangaron shahrida (21 916,7 ming so‘m), Ohangaron tumanida (14 846,4 ming so‘m), Qibray tumanida (9 615,2 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (8 062,4 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda.