2025-yilda Toshkent viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibi tahliliga ko‘ra, qurilish-montaj ishlariga 37,4 trln so‘m miqdorida investitsiyalar yo‘naltirildi. Bu jami investitsiyalar hajmining 47,2 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, mashina, uskuna va inventar xarid qilish uchun 33,3 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilib, ularning jami investitsiyalardagi ulushi 41,9 % ni tashkil qildi.
Boshqa turdagi xarajatlarga esa 8,6 trln so‘m investitsiyalar yo‘naltirilib, bu 10,9 % ulushni egalladi.




