2025- yilda viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 48,8 trln so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2024- yilga nisbatan 104,1 % ni tashkil qildi.
Jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 23,1 trln so‘m (104,5 %), chorvachilik mahsulotlari hajmi esa 25,7 trln so‘m (103,8 %) ga teng bo‘ldi.
Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Bekobod (5 906,7 mlrd so‘m), Yangiyo‘l (4 055,0 mlrd so‘m) hamda Oqqo‘rg‘on (3 842,1 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi.




