04/03/2026

2026- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan 2 467 ta korxona mavjud.

Shundan:

505 tasi — qo‘shma korxonalar

1 962 tasi — xorijiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi

2025- yilning mos davriga nisbatan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 654 taga oshgan.

📈 O‘sish asosan quyidagi sohalar hisobiga to‘g‘ri keladi:

Savdo sohasi — 640 tadan 942 taga (o‘sish 302 ta)

Axborot va aloqa sohasi — 73 tadan 133 taga (o‘sish 60 ta)

Qurilish sohasi — 91 tadan 139 taga (o‘sish 48 ta)