25/02/2026

  2025- yilda Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 79,3 trln so‘mni tashkil etdi.

 Mazkur ko‘rsatkich jami investitsiyalar hajmining 55,6 foiziga teng bo‘ldi.

 2024- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 125,1 foizni tashkil qildi.

 Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi:

 Yangiyo‘l tumani – 90,8 %

 O‘rtachirchiq tumani – 90,3 %

 Chinoz tumani – 84,0 %

 Toshkent tumani – 82,6 %