2026- yil 1- fevral holatiga koʻra, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) 47 273 tani tashkil etdi.
Shundan 40 910 tasi yoki 86,5 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2025- yilning mos davriga nisbatan korxona va tashkilotlar sonining o‘sish sur’ati 115,1 foizni tashkil etdi. Jumladan, kichik biznes va mikrofirmalar soni 117,0 foizga oshdi.




