✅ Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi 2026-yil 4–28-fevral kunlari davom etadi.
Mazkur bosqichda ro‘yxatga oluvchilar — mahalla yettiligi vakillari xonadonma-xonadon yurib, onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ishtirok etmagan yoki savolnomalarni xato hamda kamchiliklar bilan to‘ldirgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni maxsus planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritmoqda.
Shu jarayon doirasida Zangiota tumani “Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olish ishlari izchil ravishda tashkil etildi. Aholi maxsus planshetlar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda hamda savollarga to‘liq va aniq javob berish orqali ushbu muhim davlat tadbirida faol ishtirok etmoqda.






