28/01/2026

 ✅Ayni kunlarda respublika miqyosida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni ketmoqda. Ushbu muhim jarayon Ohangaron tumanida ham jadal sur’atlarda tashkil etilib, aholi hamda qishloq xo‘jaligi sohasida aniq va ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirish ishlari davom etmoqda.

✅Mazkur ishlarning samarali tashkil etilishi, jarayonni muvofiqlashtirish va umumlashtirish maqsadida, tumanda maxsus shtab tashkil etilgan. Shtab a’zolari tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tayotgan jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar tizimli ravishda umumlashtirib borilmoqda.

✅Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarning to‘liq, aniq va ishonchli kiritilishini ta’minlash maqsadida, joylarda faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlarga uslubiy tavsiyalar va amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Onlayn tizim bilan ishlashda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar berilmoqda.

✅Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilib, ularni bartaraf etish orqali ro‘yxatga olish ishlarining sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, ushbu jarayon kelgusida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, manzilli dasturlar ishlab chiqish hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.