🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
🔵Shunga koʻra, Bekobod shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari sifatini oshirish va yanada jadallashtirish maqsadida Toshkent viloyati adliya organlarining bir qator xodimlari kunlik amaliy yordam uchun jalb etildi.
Kun davomida mahallalarda tashkil etilgan uchastkalarda, yirik korxonalarda, davlat xizmatlari markazlarida va boshqa tashkilotlarda roʻyxatga olish ishlari samarali tashkil etildi. Fuqarolarni ONE ID tizimidan roʻyxatdan oʻtishlariga koʻmaklashildi va shaxsiy hujjatlari bilan bogʻliq huquqiy muammolar hal etilishida amaliy yordam koʻrsatildi.
🔵Shu bilan birga mahallarda ishlarni samarali tashkil etish, roʻyxatga olish jarayonida shaxsga oid ma'lumotlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilish yuzasidan ishchi guruh tomonidan mas'ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
🔵Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.




