Ma’lumki, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining onlayn bosqichi boshlandi. Mazkur jarayonning mazmun-mohiyati, uni samarali tashkil etish,aholi orasida tushuntirish va targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchilari va dotsentlari ishtirokida seminar o'tkazildi.
Seminarda Qibray tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U. Botirov, tegishli soha mutaxassislari tomonidan onlayn ro‘yxatga olishning afzalliklari, texnik jihatlari, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar va hamkorlikdagi ishlar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.




