21/01/2026

 Chinoz tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni samarali tashkil etish masalalari tuman prokurori Z.U. Gaipov tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi PF–173-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan ishchi guruh faoliyati, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, joylarda olib borilayotgan amaliy ishlar hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman prokurori mahallalarda olib borilayotgan xatlov jarayonlari bilan yaqindan tanishib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

O‘rganish yakunida ro‘yxatga olish jarayonlarini qonun talablari asosida tizimli va sifatli tashkil etish muhimligi ta’kidlanib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.