Zangiota tumani hokimligida kecha va bugun aholi hamda qishloq xoʻjaligini roʻyhatdan oʻtkazish tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida mahalla “yettiligi” a’zolari uchun soʻnggi seminar-mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Seminar jarayonida roʻyhatga olishning ahamiyati, uni oʻtkazish tartibi, ma’lumotlarni toʻgʻri va aniq yigʻish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ushbu tadbirda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Ahadov hamda tuman statistika boʻlimi rahbari ishtirok etib, mas’ullarga zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, qishloq xoʻjaligi va fermer xoʻjaliklarini roʻyhatdan oʻtkazish boʻyicha qishloq xoʻjaligi xodimlari hamda buxgalterlar uchun alohida seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimining oʻrinbosari A. Hikmatov, shuningdek, Fermerlar kengashi vakillari ishtirok etib, roʻyhatga olish jarayonini sifatli tashkil etish, hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish va belgilangan muddatlarga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




