14/01/2026

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligida tashkil etilgan shtab tomonidan korxona va tashkilot rahbarlari, shuningdek mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

✔️ Yig‘ilishda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini sifatli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, ma’lumotlarni elektron platformaga o‘z vaqtida va aniq kiritish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.