🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni yuzasidan biriktirilgan mas’ullar idoralar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
🔹Shunga ko'ra, Adliya vazirligining ishchi guruhi Bekobod shahrida bo'lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda mahallalardagi ishlar bilan tanishdi.
🔺O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan Bekobod shahar Statistika mutaxassislari bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish hamda mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko'rsatmalar berildi.
🔹Shu bilan birga "Bekobodsement" korxonasi rahbar xodimlari uchun seminar òquv mashĝuloti tadbiri tashkil etildi.
❗️2025-yilning 15-yanvaridan boshlab mamlakatimizda aholini va qishloq xòjaligini ròyxatga olish boshlanadi.




