2025-yil 19-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz rivoji istiqbollarini baholash tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazalarini shakllantirish maqsadida 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur muhim davlat tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Yangi-Angren IES” AJda maxsus ishchi guruh shakllantirildi. Ishchi guruh a’zolariga aholini ro‘yxatga olish jarayonining tartibi, savolnomalarni to‘ldirish qoidalari, axborotlarning aniqligi va maxfiyligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tegishli o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda fuqarolar bilan samarali muloqot o‘rnatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur tadbir natijalari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.





