O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yangiyo‘l shahrida “Mahalla yettiligi” xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Seminarda Yangiyo‘l shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Isanbayev va Toshkent viloyati statistika boshqarmasi hamda shahar statistika bo‘limi ma‘ssulari ham ishtirok etdi.
Seminarlar davomida ro‘yxatga olish jarayonining huquqiy asoslari, uni o‘tkazish tartibi, axborotlarni to‘plash va aholiga tushuntirish ishlarini olib borish kabi muhim tavsiyalar berildi.




