Ma’lumki, mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Ushbu jarayon davlat iqtisodiy siyosatini to‘g‘ri rejalashtirish uchun muhim bo‘lgan asosiy ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu muhim tadbirni Bo‘ka tumanida ham yuqori saviyada tashkil etish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish uchun ko‘ngilli yoshlar — volontyorlar guruhi shakllantirilib, ular uchun maxsus o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun tuman statistika bo‘limi mas’ullari ishtirokida volontyorlar uchun o‘quv seminari o‘z ishini boshladi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan volontyorlarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida zarur bo‘ladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.




