Toshkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish masalalari boʻyicha seminar oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman statistika boʻlimi xodimlari ijtimoiy xodimlarga roʻyxatga olish tartibi, talablari va amaliy koʻnikmalar haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.
Seminar ishtirokchilari aholini roʻyxatga olish jarayonining ahamiyati va uning har bir sohada, xususan, manzilli ijtimoiy qarorlar qabul qilish, resurslardan samarali foydalanish hamda hududlarning barqaror rivojlanishini taʼminlashdagi oʻrnini haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
Har bir toʻgʻri va aniq maʼlumot — mamlakat farovonligi va xalq hayotini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bois, ijtimoiy xodimlar fuqarolardan olinayotgan maʼlumotlarni diqqat bilan yigʻish va samarali qoʻllashga alohida eʼtibor qaratmoqda.




