12/01/2026

 2026-yilning 12-yanvar sanasida PF-173-sonli Prezident farmoni ijrosi yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishni Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev olib bordi.

✅Unda mahalla “yettiligi” rahbarlari ishtirok etib, farmon ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, ushbu ro‘yxatga olish ishlari joriy yilning 15-yanvaridan boshlab amalga oshiriladi.

🔹Muloqotda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

✅Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.